Bank va moliya sohasi yetakchilari bir forumda
2024-yil 24-oktyabr kuni UZCARD kompaniyasining 20-yilligiga bag‘ishlangan UZCARD FORUM 2024 – moliyaviy texnologiyalar sohasidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tdi. Ikki yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur forum O‘zbekiston bank va moliya-texnologiya sohasi yetakchilarini birlashtiradi.
2004-yildan beri UZCARD naqd pulsiz hisob-kitoblarni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy etib, mamlakat moliya bozorini rivojlantirish ustida faol ish olib bormoqda.
Joriy yilda forum bank, moliya-texnologiya kompaniyalari, davlat tuzilmalari va xalqaro ekspertlarning 500 dan ortiq vakillarini InterContinental Trilliant mehmonxonasida to‘pladi. Unda moliya sektorining kelajagini shakllantiruvchi dolzarb tendensiyalar va muammolar muhokama qilindi. UZCARD yangi mahsulotlari taqdimoti
Elektron to‘lovlar bozorida yetakchi bo‘lgan UZCARD naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada takomillashtirishga qaratilgan eng yangi yechimlarni taqdim etadi. Forum ishtirokchilari mijozlar uchun xizmatlarni yaxshilash maqsadida joriy etilishi rejalashtirilgan innovatsiyalarni birinchilardan bo‘lib ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro kompaniyalar mutaxassislari ishtirokidagi panel muhokamalarda ilg‘or texnologiyalar va eng yaxshi amaliyotlar haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli yechimlarni joriy etish tajribasi va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Forum hamkorlari
UZCARD FORUM 2024 quyidagi hamkorlar va forumning boshqa ishtirokchilar ko‘magida o‘tkazildi: HUAWEI, Fido-Biznes, CISCO, ЭКОПСИ, VK Tech, HP, Btech, ATTO, Plum Technologies, ERA, Qand, KAFOLAT.
Forum ishtirokchilarini ishchi sessiyalar oralig‘ida yana bir yorqin voqea – Uzcard Awards 2024 taqdirlash marosimi otkazildi. Bu tadbir allaqachon yaxshi an’anaga aylanib, forumning eng hayajonli va kutilgan qismlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Marosim doirasida O‘zbekistonning fintex sohasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan eng yaxshi banklar va kompaniyalar taqdirlandi. Forum mehmonlari joriy yil yakunlari bo‘yicha nufuzli mukofotlarga kimlar sazovor bo‘lishi va qaysi loyihalar eng yuqori natijalarga erishganini birinchilardan bo‘lib bilib olishdi.
UZCARD FORUM 2024 doirasida O‘zbekistonning yetakchi to‘lov operatori UZCARD va moliyaviy institutlar uchun sun’iy intellekt sohasida kashshof zypl.ai o‘rtasida “1ziyo.ai” qo‘shma korxonasini (QK) yaratish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Zypl.ai – kredit skoring va mikromoliyalash kabi moliyaviy xizmatlarni avtomatlashtirish uchun generativ neyron tarmoqlardan foydalanishga ixtisoslashgan fintech startapi. 2021-yilda Tojikistonda tashkil etilgan kompaniya banklar va mikromoliya institutlariga qaror qabul qilishda yordam beradigan maʼlumotlar tahlili modellarini yaxshilash uchun sunʼiy intellekt yechimlaridan foydalanadi. Hozirda Zypl.ai 13 mamlakatda faoliyat yuritib, 50 ta bank va mikromoliya tashkilotlariga xizmat ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, Tojikiston bilan ham yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalar bor.