Tojikiston va Turkiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 31 yil to’ldi.

Vaqt o‘tishi bilan Turkiya Respublikasi bilan munosabatlar va hamkorlik Tojikiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi va turli yo‘nalishlarda samarali davom etmoqda. Qisqa tarixiy davrda ikki davlat hamkorlik natijalari bo‘yicha salmoqli yutuqlarga erishdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Ashrafjon Gulov Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi bilan “Tojikiston va Turkiya oʻrtasidagi muvaffaqiyatli diplomatik munosabatlarning 31 yilligi” mavzusidagi suhbatda maʼlum qildi.